Buxoro viloyatiga xos bo‘lgan “Sofi Oshi” milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 

Ushbu maqom “Sofi Oshi” nomi va uning an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan muhofaza qiladi, taomning sifati va haqiqiyligini kafolatlaydi hamda Buxoro viloyatining boy gastronomik merosini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga xosligi va uning o‘ziga xos sifati aynan shu hudud bilan uzviy bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.

Milliy qadriyatlarimizni asrash va hududiy brendlarni rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam!
 

Lokatsiya