O‘zbekistonga Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan har bir sayyoh uchun subsidiya beriladi

 

Mamlakatimizda turizmni strategik tarmoq sifatida yanada rivojlantirish, “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi orqali sayyohlar oqimini oshirish, ziyorat turizmi infratuzilmasi va xizmatlarini takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2026-2027-yillarda Malayziya va Indoneziyadan “ziyorat turizmi” yo‘nalishida sayyohlar oqimini 100 ming nafarga yetkazish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

 

Qarorda belgilanishicha, 2026-yil yakuniga qadar Turizm qo‘mitasi tomonidan Malayziya va Indoneziyadan “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi asosida sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uchun 100 AQSH dollari miqdorida subsidiya ajratiladi.

 

Malayziyalik va indoneziyalik sayohatchilarning Ramazon hayiti va Qurbon hayiti bayramlarini O‘zbekistonda o‘tkazishi yuzasidan choralar ko‘riladi. Malayziya va Indoneziyada “Imom Buxoriy izidan” va “Ramazonni O‘zbekistonda o‘tkaz” tematik turizm targ‘iboti kampaniyalari tashkil etiladi. Malayziyaning musulmon aholisi ko‘p bo‘lgan hududlarida ziyorat turizmi bo‘yicha alohida roadshoular tashkil etiladi.

 

“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi doirasida Toshkent shahri va Samarqand, Buxoro viloyatlaridagi obyektlarni o‘z ichiga olgan turizm marshrutlari ishlab chiqiladi. Madaniy meros agentligi, Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda dastur ishtirokchilari uchun qish (20-noyabrdan 20-fevralgacha) va yoz fasllarining (iyul oyi) nomavsumiy oylarida madaniy meros obyektlari, mehmonxona, ovqatlanish va boshqa xizmatlar uchun ixtiyoriy chegirmalar joriy etiladi.

 

Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Turizm qo‘mitasi bilan birgalikda 2 hafta muddatda dastur uchun mahalliy yoki xorijiy aviakompaniyaning 10 ta aviabortini, shu jumladan ijaraga olish orqali jalb qilishni ta’minlaydi. Shuningdek, Kuala Lumpur—Samarqand—Kuala Lumpur va Kuala Lumpur—Buxoro—Jidda— Kuala Lumpur hamda Jakarta—Samarqand—Jidda—Jakarta va Jakarta—Buxoro—Jidda—Jakarta turistik marshrutlari bo‘ylab aviaqatnovlarni raqobatdosh narxlarda ishlab chiqilishini hamda dasturda ishtirok etuvchi turkompaniyalarga taqdim etilishini ta’minlaydi.

Lokatsiya
REDUX
Был в сети: 15.01 18:23
Все мероприятие автора
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: alsdjfalsjkf
  • Ответственное лицо: Izzat Corporation
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие