"Chuya" MFYda infratuzilma va turizm rivoji muhokama qilindi.

 

Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi namunaviy mahalla sifatida tanlab olingan Chuya MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi mavjud infratuzilma holati, jumladan ichki yo‘llar, elektr va ichimlik suvi ta’minoti hamda obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Chuya mahallasi tog‘li hududda joylashgan bo‘lib, turizmga ixtisoslashgan hudud sanaladi. Shu munosabat bilan mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish, turizm yo‘nalishlarini kengaytirish, ekoturizm va sayyohlik sayrlarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish, mehmon uylari faoliyatini kengaytirish, xizmatlar sifatini oshirish orqali aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi hamda mas’ullarga belgilangan vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Lokatsiya