The Music of Hans Zimmer
Kirish 230 000 so'm

 

Tynda Music buyuk kino bastakori Xans Zimmerning simfonik orkestr ijrosidagi yangi musiqiy dasturini taqdim etadi.


Xans Zimmer nemis kino bastakori bo'lib, o'zining film musiqalari bilan keng tanilgan. Zimmer kino sanoatidagi eng innovatsion bastakorlardan biri sifatida tan olingan. Uning asarlari elektron tovushlarni an'anaviy orkestr aranjirovkalari bilan uyg'unlashtirishi bilan ajralib turadi.


Xans o'zining musiqalari orqali ko'plab filmlarni tanib olish imkonini berdi: "Interstellar", "The Lion King", "Inception", "Pirates of the Caribbean", "Sherlock Holmes" va "The Dark Knight" - bu filmlarni eshitganingizda, albatta, darhol ularning musiqasi esingizga keladi. Va buning uchun Xans Zimmerning hissasi katta.


Tynda Music haqida: Sevimli musiqalarini noan'anaviy joylarda ijro etish g'oyasidan ilhomlangan professional musiqachilar jamoasi. O'z dasturini tanlash erkinligi, kutilmagan joylar va moslashuvchan formatlar musiqachilarni dadil ijodiy g'oyalar bilan birlashtirdi.


5 yoshdan katta. 5 yosh va undan katta bolalar chiptalarni alohida sotib olishlari kerak.

Lokatsiya